Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi

«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi

«Tolibon» harakati «Viloyati Xuroson» jangarilariga qarshi kurashish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishga va’da berdi.

Afg‘oniston hukumati IShIDning bo‘limi bo‘lmish «Viloyati Xuroson» jangarilariga qarshi kurashish uchun barcha imkoniyatlarni ishga soladi. Bu haqda «Tolibon» harakatining Qatardagi siyosiy idorasi rahbari Suhayl Shaxin ma’lum qildi.

«Biz o‘z vazifamizni bajaryapmiz va qo‘limizdan kelganini qilamiz. Biz ular bilan kurashyapmiz va Afg‘onistonda bizga tahdid solishiga yo‘l qo‘ymaymiz», deb va’da bergan «Tolibon» vakili.

22-mart kuni kechqurun Moskva yaqinidagi «Krokus Siti Xoll»da terakt sodir bo‘ldi. Konsert zaliga to‘rt nafar qurolli kishi kirib, odamlarga qarata o‘q uzgan. Shundan so‘ng ular binoga o‘t qo‘yib, mashinada qochishga uringan, biroq Bryansk viloyatida qo‘lga olingandi.

Fojiadan bir kun o‘tib Afg‘onistonda joylashgan «Viloyati Xuroson» guruhi hujumga aloqadorligini e’lon qilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring