To‘lov-kontraktlarni to‘lash muddati bir oyga uzaytirildi
To‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati 2026-yil 31-yanvarga qadar uzaytirildi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi.
Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2025/2026-o‘quv yilida oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat hamda magistratura talabalari uchun to‘lovlarni amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning muddati 2026-yil 31-yanvarga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi.
Bunda:
- qabul parametri doirasida o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar bazaviy to‘lov-kontrakt shaklida bir yillik o‘qitish qiymatining kamida 50 foizi miqdorida;
- tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (super) asosida o‘qish istagini bildirganlar, ular uchun belgilangan bir yillik o‘qitish qiymatining kamida 50 foizi miqdoridagi to‘lovlarni amalga oshirishi lozim.
Eslatma: amaldagi tartibga ko‘ra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini to‘lash muddati OTM rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter