Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

To‘palang daryosidan 14 yoshli qizning jasadi topildi

To‘palang daryosidan 14 yoshli qizning jasadi topildi

Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani «Afrosiyob» mahallasida yashab kelgan 2012-yilda tug‘ilgan F.M. (qiz) To‘palang daryosida cho‘kib, halok bo‘ldi.

Tuman prokuraturasi tomonidan, ayni paytda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

Voyaga yetmagan F.M.ning murdasi tergovga qadar tekshirish davomida, joriy yilning 15-may kuni daryoning Denov tumani «Ittifoq» mahallasi hududidan oqib o‘tuvchi qismidan, tan jarohatlarisiz topilgan.

Sud tibbiy ekspertiza xulosasida marhumaning o‘limiga yuqori nafas yo‘llarining suv bilan berkilishi, mexanik asfiksiya natijasida vafot etganligi ko‘rsatilgan.

Hozirda tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring