To‘qayev uchinchi marta xalqqa murojaat qildi

Qozog‘iston prezidenti 7 yanvarda maxsus yig‘ilish o‘tkazdi va jangarilarga qarata ogohlantirmasdan o‘t ochishga ruxsat berdi.
Bu haqda Qosim-Jo‘mart To‘qayev navbatdagi murojaatida aytgan.
«Qozog‘iston jangarilarga qarshi operatsiyani yakunlaydi, taslim bo‘lmaganlarga ayovsiz choralar ko‘riladi. Fuqarolarining tinch shaklda bildirilgan barcha talablari tinglanadi» – deydi To‘qayev.
Hukumat vaziyat yaxshilangan viloyatlarda favqulodda holat rejimi bosqichma-bosqich olib tashlanishini e’lon qilgan.
To‘qayev «erkin ommaviy axborot vositalari» va «xorijiy arboblarni» qonun va tartibni buzishga ko‘maklashmaslikka chaqirdi.
Favqulodda holat joriy etilgani o‘z samarasini bermoqda, butun Qozog‘istonda konstitutsiyaviy tartib tiklanmoqda, deyiladi rasmiy murojaatda.
Bungacha To‘qayev xalqqa ikki bor murojaat qilgandi. Birinchi bor gaz narxi oshishiga qarshi namoyishga chiqqanlar talabi qondirilib, hukumat komissiyasi tuzilgandi.
To‘qayev ikkinchi murojaatda Xavfsizlik kengashi rahbari bo‘lganini aytib, muhim o‘zgarishlarni e’lon qilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter