To‘rt mingta qimmatbaho mashina ortilgan kema Atlantikada cho‘kib ketdi
Atlantika okeanining Azor orollari (Portugaliya) sohillaridan 400 kilometr olislikda bortiga qariyb to‘rt mingta qimmatbaho mashinalar ortilgan «Felicity Ace» yuk kemasi yonayotgani haqida xabar bergandik.
«Reuters» xabariga ko‘ra, «Felicity Ace» kemasi bortidagi barcha mashinalar bilan birga Atlantika okeaniga cho‘kib ketdi.
Panama bayrog‘i ostidagi ushbu kema 16-fevral kuni Germaniyaning «Volkswagen» zavodi joylashgan Emden shahri portidan suzib chiqib, mashinalarni sotish uchun AQShning Rod-Aylend shtatidagi Devisvill shahri tomon yo‘l olgandi.
«Volkswagen» yetkazilgan zararni 400 mln. dollar atrofida baholadi va amerikalik hamkorlarini mashinalar yetib bormasligidan ogohlantirdi.
Kemada chiqqan kuchli yong‘in bilan qutqaruvchilar bir haftadan ortiq kurashishdi. Yong‘in kemadagi elektromobillar akkumulyatorlari alangalanishidan hosil bo‘lgan. 22 kishilik ekipaj yong‘in paydo bo‘lishi bilan kemani tark etgandi, hech bir tirik jon jabrlanmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter