To‘rt yoshida o‘g‘irlangan xitoylik 21 yildan so‘ng oilasiga qaytdi
Xitoyda yashovchi Pen Sunsung to‘rt yoshida o‘g‘irlab ketilganidan keyin, oradan 21 yil o‘tib, haqiqiy oilasi bilan topishdi. Bu haqda “South China Morning Post” nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Pen Sunsung bolaligida Szyansi provinsiyasidagi bozorda bedarak yo‘qolgan. Ota-onasi darhol politsiyaga murojaat qilishgan, lekin bolani topish imkoni bo‘lmagan.
Oradan vaqt o‘tib ma’lum bo‘lishicha, u Jyansu provinsiyasida yashaydigan bir oila tomonidan tarbiyalangan. Ular bolani o‘g‘irlab ketuvchilardan sotib olgan va unga yangi ism bergan. Yillar davomida Sunsung o‘zining haqiqiy oilasi borligini umuman bilmagan, asrab olgan ota-onasini esa haqiqiy deb qabul qilib yashagan.
Faqat 2024 yil dekabr oyida DNK tahlili orqali uning biologik ota-onasi o‘g‘lini topishga muvaffaq bo‘ldi. U haqiqiy ota-onasi, opa-singillari va yaqin qarindoshlari bilan uchrashdi.
Haqiqatni bilganidan so‘ng, yigit asrab olgan ota-onasi bilan munosabatlarni to‘xtatdi. U ishi, do‘stlari, uyi va mashinasini qoldirib, haqiqiy qarindoshlari yashaydigan Szyansi provinsiyasiga ko‘chib o‘tdi.
Aytilishicha, endilikda Pen Sunsung yo‘qolgan yillarni qoplash uchun oilasi bilan imkon qadar ko‘proq vaqt o‘tkazishga harakat qilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter