Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent halqa yo‘lidagi hodisada to‘rt kishi jarohatlandi

Toshkent halqa yo‘lidagi hodisada to‘rt kishi jarohatlandi

Foto: Toshkent shahar IIBB

Bugun, 24-avgust kuni soat 17:00 larda Toshkent halqa avtomobil yo‘lining Yunusobod tumani hududidan o‘tuvchi qismida uchta transport vositasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

YTH ishtirokchilari — T.Sh. (1978-y. t.) boshqaruvidagi «SAZ LE60» yo‘lovchi tashuvchi avtobusi, U.R. (1981-y. t.) boshqaruvidagi «Damas» va M.R. (1988-y. t.) boshqaruvidagi «Matiz».

Foto: Toshkent shahar IIBB
Foto: Toshkent shahar IIBB

Oqibatda avtobusning ikki nafar, «Damas»ning bir nafar yo‘lovchisi hamda «Matiz» haydovchisi tan jarohati olib, shifoxonaga yetkazilgan.

Toshkent shahar IIBB YHXB holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring