Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent havosining iflosligi «zararli» darajada qolyapti

Toshkent havosining iflosligi «zararli» darajada qolyapti

Toshkent shahrida ayni vaqtda (9:00-10:00) havoning mayda chang zarralari (RM 2.5) bilan ifloslanish darajasi bo‘yicha ma’lumot berildi.

Poytaxt havosi tarkibida mayda RM-2.5 dispers zarrachalar miqdori JSST tavsiyalaridan 23,8 barobarga ortgan. Shuningdek, ruxsat etilgan me’yorlardan past darajada ekani aytilganiga qaramay, havo tarkibidagi sanoat va avtotransportlardan chiqadigan uglerod konsentratsiya ulushi ham sezilarli ortgan.

IQAir reytingida esa shahar 8-o‘ringa chiqdi.

O‘zgidromet agentligi kuzatuv natijalariga ko‘ra:

  • Yunusobod tumani «Bodomzor» yo‘lida – 99 mkg/m3;
  • Chilonzor tumani Xalqlar do‘stligi maydonida –118 mkg/m3.

Qayd etilishicha, ushbu hududlarda havodagi chang miqdori AQI – RM 2,5 ko‘rsatkichi bo‘yicha havoning «zararli» darajadagi ifloslanish toifasiga kiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring