Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent hayvonot bog‘ining yagona jirafasi nimadan o‘lgani ma’lum bo‘ldi

Toshkent hayvonot bog‘ining yagona jirafasi nimadan o‘lgani ma’lum bo‘ldi

Toshkent hayvonot bog‘ining bosh veterinar shifokori Mahmud Qo‘ziboyev hayvonot bog‘ining Alatau laqabli yagona jirafasi nima sababli vafot etganini ma’lum qildi.

Uning aytishicha, o‘limdan keyingi patologoanatomik va laborator tekshiruvlari natijalariga ko‘ra, hayvonning o‘limi proventrikulyar timpaniya tufayli yuzaga kelgan miya ishemiyasi oqibatida sodir bo‘lgan. Timpaniya, o‘z navbatida, o‘n ikki barmoqli ichakning tug‘ma nuqsoni tufayli hosil bo‘lgan.

Jirafa Toshkent hayvonot bog‘iga 2016-yilda 3 yoshligida keltirilgan edi. Qo‘ziboyevning aytishicha, uning yashashi va to‘laqonli oziqlanishi uchun eng ma’qul sharoitlar yaratilgan edi, shuningdek, barcha profilaktik veterinariya tadbirlari ham o‘z vaqtida o‘tkazilgan.

Toshkent hayvonot bog‘i ma’muriyati 2022-yilning 20-avgust kuni Alatau laqabli jirafa o‘lganini ma’lum qilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring