Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent ko‘chalaridan birida asfalt cho‘kib tushdi

Toshkent ko‘chalaridan birida asfalt cho‘kib tushdi

Foto: Voditeli Tashkenta

Bugun, 8-aprel kuni Toshkent shahridagi «Samarqand-darvoza» savdo-ko‘ngilochar markazi qarshisida noxush holat ro‘y berdi.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan joylangan fotosurat ko‘chadagi asfaltning katta qismi cho‘kib ketganini ko‘rish mumkin. Guvohlarning aytishicha, chuqurlik ikkinchi va uchinchi polosa o‘rtasida hosil bo‘lgan.

Xavfsizlik nuqtayi nazaridan chuqur atrofi shox-shabba va bo‘sh qutilar bilan o‘rab qo‘yilgan. Lekin bu avtomobillar tirbandligining oldini olmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring