Toshkent mahalliy aeroporti noma’lum muddatga yopilmoqda

2021-yil 19-avgustdan boshlab mahalliy aviaqatnovlar amalga oshiriluvchi Toshkent 3 aeroporti texnik sabablarga ko‘ra noma’lum muddatga yopiladi.
Barcha respublika bo‘ylab amalga oshiriluvchi aviaparvozlar Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportidan jadvalga muvofiq bajariladi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘ralgan.
«Uzbekistan Airways» oldinroq 17-avgustdan boshlab AJ Toshkent – London – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlarni tiklanganini ma’lum qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter