Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent metrosida 200 dan ortiq kassa operatorlari ish o‘rinlari tugatildi

Toshkent metrosida 200 dan ortiq kassa operatorlari ish o‘rinlari tugatildi

Toshkent metropolitenida elektron to‘lov tizimlari ko‘payib, kassa operatorlariga talab kamaygani sababli 204 ta shunday ish o‘rinlari tugatiladi. Bu haqda «Toshkent metropoliteni» matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, metroda yo‘lovchilarga qulaylik yaratish hamda kassa oldidagi tirbandliklarni kamaytirish maqsadida yo‘l haqini to‘lashning 10 dan ortiq turi mavjud. Shuningdek, foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida ko‘plab bekatlarda chipta sotib olish uchun mo‘ljallangan avtomatlashtirilgan bankomatlar o‘rnatilmoqda.

Buning natijasida kassa operatori lavozimidagi xodimlarga bo‘lgan talab kamaygan. Shu munosabat bilan yopilgan kassalardagi operator lavozimi ish o‘rinlari, jumladan, birinchi bosqich doirasida 204 ta kassa operatori lavozim shtatlari belgilangan normativ huquqiy hujjatlar asosida qisqartirildi.

Yuqorida ta’kidlangan avtomatlashtirilgan bankomatlarni metropolitenning barcha bekatlarida yil yakuniga qadar o‘rnatish rejalashtirilgan va buning natijasida Toshkent metropolitenida kassa operatori va katta operator lavozimlariga bo‘lgan ehtiyoj qolmaydi.

«Shuni inobatga olgan holda, «Toshkent metropoliteni» DUK ma’muriyati tomonidan faoliyat yuritayotgan operator xodimlar uchun yangi qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish rejalashtirilmoqda. Xususan, xizmat lavozimi qisqartirilayotgan har bir xodimga, o‘z istak va imkoniyatlaridan kelib chiqib, kasb-hunar o‘rganish kurslarida ishtirok etish taklif qilinadi. Ular buxgalteriya, tikuvchilik, qandolatchilik va shu kabi boshqa yo‘nalishlardagi kurslardan birini tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi», — deyiladi Korxona xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring