Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahar hokimi daraxtlar kesilishiga 3 kun ichida barham beradi

Toshkent shahar hokimi daraxtlar kesilishiga 3 kun ichida barham beradi

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Bir necha o‘n yillik sog‘lom va Toshkent shahri chiroyiga chiroy bag‘ishlab turgan daraxtlarning ayovsiz kesib tashlanayotganiga keskin barham berish maqsadida mas’ul boshqarma va tashkilotlar Toshkent shahar hokimligi tomonidan qattiq ogohlantiriladi, javobgarlikkacha tortish choralari ko‘riladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Shu munosabat bilan Toshkent shahar hokimi poytaxt aholisiga ushbu tartibsizliklarga uch kun ichida barham berilishi va bunday noqonuniy harakatlarga chek qo‘yilishini shaxsan o‘zi nazoratga olishini bildirdi.

Biror joyda daraxt kesilayotganda befarq bo‘lmagan shahar aholisi buning oldini olish maqsadida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi ishonch telefoniga 277-75-43 yoki Ichki ishlar idoralariga 233-71-47, 233-49-46 qo‘ng‘iroq qilishlari so‘raladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring