Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahar hokimligi muhim bayonot bilan chiqdi

Toshkent shahar hokimligi muhim bayonot bilan chiqdi

Foto: Xabar.uz

Toshkent shahridagi oziq-ovqat do‘konlari va umumovqatlanish korxonalaridan tashqari barcha savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, ko‘ngil ochar savdo markazlari va istirohat bog‘lari qisqartirilgan ish rejimiga o‘tkaziladi.

Bunga havo-haroratining keskin pasayshi davrida aholi xonadonlariga elektr va gaz ta’minotini uzluksiz yetkazish sabab qilib keltirilgan. 

Shu bois, barcha savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, ko‘ngil ochar savdo markazlari va istirohat bog‘lari ish faoliyatini ertalab soat 10:00 dan 17:00ga qadar amalga oshirishi lozim.

Ish vaqtidan so‘ng, barcha elektr asboblari, isitish uskunalarini o‘chirilgan holda elektr va gaz iste’molini to‘xtatish talab etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring