Toshkent shahriga kirish va chiqishdagi postlar ko‘chiriladi

Toshkent shahar hokimligi poytaxtda avtobuslar uchun alohida ajratilgan yo‘laklar (BRT tizimi) infratuzilmasini yaratish bo‘yicha yangilangan rejalarni taqdim etdi.
Hokimlik rasmiysi Baxtiyor Rahmonovning ma’lum qilishicha, shaharning 10 ta asosiy ko‘chasida BRT tizimi joriy etiladi. Umumiy uzunligi qariyb 51 kilometrni tashkil etadi.
Jumladan:
- Shota Rustaveli ko‘chasi – 5,1 km;
- Shahrisabz ko‘chasi – 3,2 km;
- Amir Temur ko‘chasi – 5,7 km;
- Yangi Sergeli ko‘chasi – 5,3 km;
- Maxtumquli ko‘chasi – 1,3 km;
- Mirzo Ulug‘bek – Feruza – Yuzirobod ko‘chalari – 10,4 km;
- Lutfiy va Muqimiy ko‘chalari – 5,9 km;
- Nurafshon ko‘chasi – 3,7 km;
- Qoratosh – Ko‘kcha darvoza ko‘chalari – 4 km;
- Alisher Navoiy – Beruniy ko‘chalari – 6 km.
Loyihani amalga oshirish uchun umumiy qiymati 126 million dollar miqdorida mablag‘ sarflanishi ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, poytaxtdagi tirbandlikni kamaytirish va harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida Toshkent shahriga kirish va chiqishdagi postlar ko‘chirilishi ham rejalashtirilgan.
Mutasaddilarning ta’kidlashicha, ushbu choralar shahar jamoat transporti tizimini takomillashtirish, yo‘lovchilar uchun qulaylik yaratish hamda tirbandlikni keskin kamaytirishga xizmat qiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter