Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent shahriga vaqtincha yangi bosh imom-xatib tayinlandi

Toshkent shahriga vaqtincha yangi bosh imom-xatib tayinlandi

Foto: Azon.uz

Bugun, 21 may kuni, Toshkent shahrida joylashgan Minor jome’ masjidida tarovih namozi vaqtida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari shayx Abdulaziz Mansur Toshkent shahriga vaqtinchalik bosh imom-xatib vazifasini bajaruvchi tayinlanishi haqidagi qarorni o‘qib eshittirgan. Bu haqda «Azon.uz» xabar bermoqda.

Shayx Abdulaziz Mansur avval bosh imom-xatibi vazifasini vaqtincha bajaruvchisi etib tayinlangan Ergash Rustamovning o‘z vazifasidan ozod etilganini, shu bilan birgalikda uning bosh imom-xatib o‘rinbosari lavozimida qolishi to‘g‘risidagi buyruqni namozxonlarga o‘qib eshittirgan.

Shundan so‘ng, shayx Abdulaziz Mansur Anvar qori Tursunovning betobligi sababli O‘MI masjidlar bo‘limi mudiri Rahmonov Rahimberdi vazifasidan ajralmagan holda O‘MIning Toshkent shahar vakili ya’ni bosh imom-xatibi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlanganini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 14-may kuni Toshkent shahar bosh imom-xatibi Anvar qori Tursunov hozirda betob bo‘lib turganliklari sababli Ramazon oyida diniy soxada ayni ish hajmining ortishi, ko‘plab tadbirlar va xayrli loyihalarda mas’ullik yuklatilishi munosabati bilan Toshkent shahar bosh imom-xatibi o‘rinbosari Ergash Rustamovni vaqtincha bosh imom-xatib vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring