Toshkent viloyatida 5 kilogrammdan ortiq «opiy» ushlandi
Toshkent viloyatida DXX va Bojxona qo‘mitasi xodimlari tomonidan yirik miqdordagi giyohvandlik moddasi aylanishiga chek qo‘yildi.
Tezkor tadbir davomida oldindan kuzatuvda bo‘lgan ikki nafar gumonlanuvchi Bo‘ka tumanida qo‘lga olingan. Samarqand shahrida istiqomat qiluvchi 24 va 25 yoshli shaxslar yonidan 5 kg 160 gramm «opiy» moddasi topilgan. Izohlanishicha, ushbu zahri qotil mamlakatimizga qo‘shni respublikadan kontrabanda yo‘li bilan olib kirilgan.
Narkosavdogarlar qamoqqa olinib, mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter