Toshkentda 3 gektar maydonda Innovatsiya parki barpo etiladi
![Toshkentda 3 gektar maydonda Innovatsiya parki barpo etiladi](https://xabar.uz/static/crop/1/9/920__95_1939360266.jpg)
Toshkent shahridagi Innovatsiya parki Olmazor tumanida, metroning «Beruniy» bekati yaqinidagi «Universitet» ko‘chasida, 3 gektar maydonda joylashadi. Bu Vazirlar Mahkamasining 6 aprelda qabul qilingan qarorida ko‘zda tutilgan, deb xabar berdi «Daryo».
Talabalar shaharchasida Innovatsiyalarni joriy etish ilmiy-amaliy markazi joylashtiriladi. Shu yerda Innovatsion rivojlanish vazirligi binosi ham quriladi.
Ob’yektlar 2018—2019-yillarda barpo etilishi belgilangan. Innovatsiya parki va vazirlik binosi 2019-yil 21-mart kuni ochilishi rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter