Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda 70 yoshli ayol «Qoraqamish» kanalida oqib ketdi

Toshkentda 70 yoshli ayol «Qoraqamish» kanalida oqib ketdi

Skrinshot.

12 avgust kuni taxminan soat 10:30lar atrofida Toshkent shahar Yunusobod tumani hududida tuman FV bo‘limi xodimlari Qoraqamish ko‘chasidan oqib o‘tuvchi «Qoraqamish» kanalida 70 yoshli ayol suvda yordam so‘rab, oqib ketayotganligini ko‘rib qoladi.

Qutqaruvchilar zudlik bilan suvga tushib, fuqaroni suvdan olib chiqqan hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan baxtsiz hodisani oldini olganlar. Ma’lum bo‘lishicha fuqaro ehtiyotsizlik oqibatida kanalga tushib ketgan.

Hozirda fuqaroning xolati barqaror va jiddiy shikastlanmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring