Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda AQSh fuqarosi urib yuborgan piyoda halok bo‘ldi

Toshkentda AQSh fuqarosi urib yuborgan piyoda halok bo‘ldi

Kecha, 4-aprel kuni soat 17:00larda Yunusobod tuman Amir Temur ko‘chasida 1993-yilda tug‘ilgan AQSh fuqarosi, tadbirkor yigit M.A. shaxsiy «Kaptiva» rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, yo‘lning belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.

Natijada piyoda 1985-yilda tug‘ilgan yunusobodlik O.A. olgan og‘ir tan jarohatlari tufayli shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan. O‘tkazilgan tibbiy muolajalarga qaramay, jabrlanuvchi vafot etgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv-tergov ishlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring