Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda avtobus oynasini qoraytirib, parda o‘rnatgan haydovchilarga chora ko‘rilmoqda

Toshkentda avtobus oynasini qoraytirib, parda o‘rnatgan haydovchilarga chora ko‘rilmoqda

Toshkentda jamoat transportlari oynasini o‘zboshimchalik bilan qoraytirib, parda tutgan va yuqori detsibelli signal o‘rnatgan haydovchilarga chora ko‘rilmoqda.

«Toshshahartransxizmat» AJ tasarrufidagi yo‘nalishlarda qatnovchi avtobuslarga haydovchilar tomonidan me’yorlarga zid bo‘lgan jihozlarni o‘rnatishga qarshi qat’iy kurash olib borilmoqda. Ayniqsa, so‘nggi vaqtlarda yuqori detsibelli signallar (vozdushka) o‘rnatilgan avtobuslardan bunday vositalar olib tashlanmoqda. So‘nggi haftada qariyb 20 dan ortiq avtobusdan ana shunday me’yorga zid vositalar yechib olindi.

Bundan tashqari o‘zboshimchalik bilan avtobus oynalarini qoraytirish holatlari ham aniqlanmoqda. Qonunan ruxsat etilmagan bunday hatti-harakatlar 30 ga yaqin avtobusda kuzatildi va holat bartaraf etildi.

Shuningdek, har kuni jamiyat va avtosaroylarning harakat xavfsizligi bo‘limi xodimlari yo‘nalishlarda o‘rganish o‘tkazib, xavfsiz harakatlanishga xalaqit beruvchi, haydovchilar tomonidan o‘rnatilgan quyuq tusdagi pardalar ham olib, yo‘q qilinmoqda.

Aniqlangan barcha holatlar bo‘yicha haydovchilar ogohlantirilmoqda. Yo‘l qo‘yilgan noqonuniy hatta-harakatlarni takroriy sodir etgan haydovchilarga esa intizomiy choralar qo‘llanmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring