Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IIBB bedarak yo‘qolgan to‘rt fuqaroni qiidruvga berdi

IIBB bedarak yo‘qolgan to‘rt fuqaroni qiidruvga berdi

Foto: Toshkent shahar IIBB

Toshkent shahar IIBB qidirilayotgan 4 nafar fuqarolar ma’lumotlarini e’lon qildi. 

1985-yilda tug‘ilgan Sarsenbayev Allambergen Yerejepovich joriy yilning 8 aprel kuni Chilonzor tumanida joylashgan savdo markazidan chiqib, noma’lum tomonga harakatlanib ketgan.

Belgilari: bo‘yi 165-170 sm, gavda tuzilishi o‘rtacha, sochlari kalta qora. Egnida: qora kurtka, qora shim va etik bo‘lgan.

1960-yilda tug‘ilgan Axmedova Xolida Raxmanqulovna joriy yilning 20 aprel kuni Yangihayot tumani, Dustlik 1 manzili bo‘yicha joylashgan uyidan chiqib, qaytib kelmagan.

Belgilari: bo‘yi 160-165 sm, to‘lachadan kelgan, sochi qora, kuz qoshi qora, yuzining o‘ng tomonida qora xoli bor. Egnida: jigar rang ro‘mol, to‘q ko‘k uzun ko‘ylak va qora rezina shippak bo‘lgan.

1947-yilda tug‘ilgan Mochalov Vladimir Ivanovich, 2020 yilning oktyabr oyida Olmazor tumani, Qora-qamish 2/4 manzili bo‘yicha joylashgan uyidan chiqib, qaytib kelmagan.

Belgilari: bo‘yi 175-180 sm, gavda tuzilishi o‘rtacha, oq sochli, kuzlari qora. Egnida: kepka, djinsi shim va qora tufli bo‘lgan.

1972-yilda tug‘ilgan Malikov Shukurillo Sultonovich, 2020 yilning noyabr oyida Mirzo-Ulug‘bek tumani, «Mag‘rur» ko‘chasida istiqomat qilib kelgan uyidan chiqib, qaytib kelmagan.

Belgilari: bo‘yi 170-173 sm, ozg‘indan kelgan, sochi qora, o‘ng qo‘lida chandig‘i bor. Egnida: kul rang djemper, ko‘k djinsi shim va qora krossovka bo‘lgan.

Hurmatli fuqarolar! Agar siz yuqorida keltirilgan shaxslar haqida biron bir ma’lumotga ega bo‘lsangiz, yaqin atrofda joylashgan ichki ishlar bo‘limiga yoki 102 raqamiga xabar berishingizni so‘raymiz.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring