Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda chet el fuqarosiga nosvoy chektirmoqchi bo‘lgan yigit javobgarlikka tortildi

Toshkentda chet el fuqarosiga nosvoy chektirmoqchi bo‘lgan yigit javobgarlikka tortildi

Ijtimoiy tarmoqlarda noma’lum shaxsning chet el fuqarosiga nosvoy chekishni taklif qilayotgani aks etgan video tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv natijalari ma’lum qilindi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 25 yanvar kuni Chilonzor tumanida joylashgan istirohat bog‘laridan birida 2006 yilda tug‘ilgan M.K. chet el fuqarosiga nosvoy tamaki mahsulotini taklif qilgan, shu bilan birga uyatli so‘zlar ishlatib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan buzgan.

Mazkur holat bo‘yicha Chilonzor tumani IIO FMB tomonidan M.K.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi («Mayda bezorilik») asosida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. To‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudiga yuborildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring