Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda fuqarolarni qutqarish vaqtida FVV xodimi halok bo‘ldi

Toshkentda fuqarolarni qutqarish vaqtida FVV xodimi halok bo‘ldi

Foto: FVV matbuot xizmati

Toshkent shahridagi «Bo‘rijar» kanalida FVV xodimlari tomonidan ikki nafar fuqaro qutqarib qolindi: jasorat ko‘rsatgan xodimlardan biri suvda cho‘kib halok bo‘ldi.

Kuni kecha soat 15:16larda Toshkent shahar Yakkasaroy tumani Yu.Rajabiy MFYdan oqib o‘tuvchi «Bo‘rijar» kanalida taqiqlangan joyda suvga tushgan fuqaro cho‘kishni boshlagan. Bu vaqtda aynan ushbu hududda nazorat olib borayotgan Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining ikki nafar xodimi cho‘kayotgan fuqaroni ko‘rib, qutqaruv ishlarini amalga oshirganlar.

Qutqaruv jarayonida FVV xodimlari A.Azimxo‘jayev va I.Murodovlar fuqaro S.Q.ni (ayol) qutqarib qoladi. Shundan so‘ng, avval uning yonidagi fuqaro F.K. (erkak) keyinchalik S.Q. o‘zboshimchalik bilan takroran o‘zini suvga tashlagan.

Qutqaruvchilarning sa’y-harakati tufayli ikkala fuqarolarning ham hayoti saqlab qolindi. Afsuski, qutqaruvchi A.Azimxo‘jayev xizmat vazifasini bajarish chog‘ida jasorat ko‘rsatib halok bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring