Toshkentda kushxonadan qochib ketgan buqa otib o‘ldirildi (video)

Toshkent shahrida kushxonadan qochib, odamlarga tashlangan buqa otib o‘ldirildi.
Poytaxt IIBB bergan xabarga ko‘ra, joriy yil 21-avgust kuni tungi soat taxminan 2:00 larda Chilonzor tumani Ichki ishlar bo‘limiga kushxonadan qochgan qoramol bir nafar fuqaroni suzib ketgani va boshqa odamlar hayotiga ham xavf tug‘dirayotgani haqida xabar kelib tushgan. Shunga asosan IIO xodimlari hodisa joyiga yetib borgan.
«Voqea joyiga yetib kelganimda, haqiqatan ham 1972-yilda tug‘ilgan fuqaroni suzib tan jarohati yetkazganiga guvoh bo‘ldim. Zudlik bilan «Tez yordam»ni chaqirdim. Buqani ushlash uchun tungi navbatga ishlayotgan ekipajni chaqirdim. Buqa fuqarolarga qarab yugurgani sababli xizmat avtomobilida yo‘lni yopishga majbur bo‘ldim», – deydi xodim.
Ammo qoramol inspektorni ham suzgan va u tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Shundan so‘ng, buqa Bekto‘pi ko‘chasida boshqa fuqarolarga shikast yetkazmasligi uchun otib o‘ldirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter