Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda mansabdor shaxs yirik miqdordagi pora bilan qo‘lga tushdi

Toshkentda mansabdor shaxs yirik miqdordagi pora bilan qo‘lga tushdi

Foto: «politeka.net»

Shu yilning 3-oktyabr kuni fuqaro A.S. Ichki ishlar vazirligiga ariza bilan murojaat qilib, undan pora talab qilishganini ma’lum qilgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

O‘zini Toshkent viloyati hokimligi Moliya bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari deb tanishtirgan shaxs fuqaroga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun Bo‘stonliq tumanidagi turizm uchun ajratilgan zahira yerlardan 3 gektar yer maydoni olib berishga va’da qilib, evaziga oldindan 5000 AQSh dollari miqdoridagi pul berishini talab qilgan.

Shu kuni vazirlikning tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida, Toshkent viloyati hokimligi Moliya bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlovchi J.N. Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Parkent ko‘chasida ariza muallifidan 5000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlandi.

Ushbu holat yuzasidan IIV huzuridagi Tergov departamenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring