Toshkentda Navro‘z bayrami tadbirlari o‘tkaziladigan maydonlar va istirohat bog‘lari ro‘yxati e’lon qilindi

Toshkent shahar tumanlarining markaziy maydonlarida «Navro‘z» umumxalq bayram tadbirlari tashkil etilmoqda. Shahar hokimiyati rasmiy saytida Navro‘z bayrami o‘tkaziladigan maydonlar va istirohat bog‘lari ro‘yxati e’lon qilindi.
Shahar asosiy sahnasi: «O‘zekspomarkaz» hududidagi maydon, asosiy sahna maydonida;
Bektemir tumanida: «Quyoshcha nuri» bog‘i hududida;
Mirobod tumanida: «Furqat» nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida hamda «Temiryo‘lchilar» madaniyat saroyida;
Mirzo Ulug‘bek tumanida: «Lokomotiv» nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida hamda «Bobur» nomidagi eko-bog‘da;
Sergeli tumanida: «Yoshlar» bog‘ida hamda «Grin Park» nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i (sobiq «Sohil» bog‘i)da;
Uchtepa tumanida: «Eko» bog‘ida va «Bog‘i shamol» nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida;
Olmazor tumanida: Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida hamda Talabalar shaharchasida;
Chilonzor tumanida: «G‘ofur G‘ulom» nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida va «Akva» bog‘ida;
Shayxontohur tumanida: «Lokomativ» madaniyat va istirohat bog‘ida hamda «Navro‘z» madaniyat va istirohat bog‘ida, «Ibn Sino» madaniyat va istirohat bog‘ida;
Yunusobod tumanida: Toshkent hayvonot bog‘i oldidagi maydonda;
Yakkasaroy tumanida: «Do‘stlik» nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida;
Yashnobod tumanida: «Ashxobod» sayilgohida hamda «Do‘stlik» bog‘ida tashkil etiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter