Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda O‘zbekiston – Rossiya I hududlararo hamkorlik forumi boshlandi

Toshkentda O‘zbekiston – Rossiya I hududlararo hamkorlik forumi boshlandi

Bugun, 18-oktyabr kuni Toshkentda O‘zbekiston – Rossiya I hududlararo hamkorlik forumi o‘z ishini boshladi. Tadbirda «Xabar.uz» muxbiri ham ishtirok etmoqda.

Muxbirimizning xabar berishicha, poytaxtimizdagi «O‘zekspomarkaz»da forumning rasmiy ochilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda 600 nafardan ortiq mutaxassislar ishtirok etishmoqda. Forum doirasida turli seksiyalarda, jumladan, O‘zbekiston va Rossiya mintaqalararo aloqalarini kuchaytirish orqali Rossiya EIZ va sanoat parklari salohiyatidan foydalanish;  Raqamli transformatsiya — O‘zbekiston va Rossiya uchun yangi voqelik; Agrosanoat majmuasi bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish va boshqa mavzularda yig‘ilish va amaliy seminarlar tashkil etiladi.

Qayd etish lozimki, O‘zbekiston – Rossiya I hududlararo hamkorlik forumi tafsilotlarini tezkor yoritish uchun «O‘zekspomarkaz»da barcha sharoitlarga ega matbuot markazi ish boshlagan.

Foto: «O‘zA»

Ayni paytda mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari markazda yaratilgan sharoitlardan foydalangan holda tezkor xabarlar tayyorlashmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring