Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda voyaga yetmagan bolaning qo‘li dastgohda qolib ketdi   

Toshkentda voyaga yetmagan bolaning qo‘li dastgohda qolib ketdi   

Foto: Tergov departamenti

2021-yilning 15-yanvar kuni soat taxminan 22:00 da Toshkent shahri, Olmazor tumani Usta Shirin ko‘chasida joylashgan qandolat ishlab chiqarish sexida ko‘ngilsiz hodisa ro‘y berdi.

Yollanma ishchi bo‘lib ishlovchi voyaga yetmagan 16 yoshli Baxtishod D.ga o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarayotgan vaqtida qandolat mahsulotlarini bo‘laklarga bo‘lish uchun mo‘ljallangan dastgohga qo‘li kirib ketishi natijasida «o‘rtacha og‘ir» tan jarohati olgan.

Tergov departamenti xabariga ko‘ra, olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari natijasida, ushbu qandolat ishlab chiqarish sexida ish beruvchi 55 yoshli Xayrulla R. voyaga yetmagan Baxtishod D. bilan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yo‘riqnoma o‘tkazmaganligi hamda bilim saviyasini tekshirish ishlarini tashkil etmaganligi, texnik xavfsizlik qoidalarini tushuntirmaganligi  aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Olmazor tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi surishtiruvchisi Sh.Z.Sa’dullayev tomonidan Xayrulla R.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 257-moddasi 1-qismi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring