Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentda yana bir «dom»ning lifti qulagani aytilmoqda. Jabrlanganlar yo‘q

Toshkentda yana bir «dom»ning lifti qulagani aytilmoqda. Jabrlanganlar yo‘q

Ijtimoiy tarmoqdagi «Potrebitel.uz» sahifasi foydalanuvchilaridan biri kecha, 24-oktyabr kuni Toshkent shahar Yashnobod tumani Parkent ko‘chasida joylashgan 253-ko‘p qavatli turar-joy binosidagi lift bilan bog‘liq noxush holat sodir bo‘lganini yozmoqda.

Mazkur turar-joy binosida yashovchi fuqaroning aytishicha, ichida odamlari bo‘lgan lift 9-qavatdan 5-qavatga qulagan. Pastga qarab tezlashib ketgan lift, avtomatik tormoz tizimi ishlab ketgani bois 5-qavatda to‘xtagan.

«Odamlar hali ham kuchli hayajonda», – deydi fuqaro.

U, shuningdek, lift joriy boshqaruv kompaniyasiga quruvchi firma tomonidan foydalanishga topshirilmaganini aytadi.

«Uyning foydalanishga topshirilganiga 3 yil bo‘lganiga qaramay, ayrim liftlarda ehtiyot qismlar yo‘qligi sababli hamon ishlamaydi. Hozirgi boshqaruv kompaniyasi vakillari esa ularda ehtiyot qismlar yetarli emasligini aytib keladi», – deydi fuqaro.

U, nafaqat liftlar, balki hovlida o‘zboshimchalik bilan qurilgan qo‘shimcha qurilishlar yuzasidan ham tegishli organlarga shikoyat yo‘llanganini bildirgan.

«Ammo, hech qanday reksiya yo‘q», – deb yozadi u.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 18-iyunida Toshkent shahar Yangihayot tumanida ichida 11 kishi bo‘lgan lift qulagan va undagi odamlar turli darajada tan jarohati olgan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring