Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda yana bir guruh shaxslar ushlandi

Toshkentda yana bir guruh shaxslar ushlandi

Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi (juda ko‘p miqdorda tovlamachilik), 168-moddasi 4-qismi (juda ko‘p miqdorda firibgarlik) bilan tergov qilinayotgan jinoyat ishi doirasida quyidagi shaxslar jinoyat sodir etganlikda gumonlanib ushlandi.

  1. 1980 y.t. Narmirzayev Bunyod Taxirovich (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 165-modda 2-qismi, bir guruh shaxslar tomonidan tovlamachilik);
  2. 1991 y.t. Xatamov Sanjar Ravshan o‘g‘li (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 165-modda 3-qismi, juda ko‘p miqdorda tovlamachilik);
  3. 1964 y.t. Qurbanov Shukurali Xaydaraliyevich (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 168-moddasi 4-qismi, juda ko‘p miqdorda firibgarlik);
  4. 1971 y.t. Shukurov Ramzes Fikrat o‘g‘li (O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 273-moddasi 5-qismi, juda ko‘p miqdorda giyohvandlik vositasini o‘tkazish).

Jinoyat ishi doirasida gumon qilinuvchilarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov davom etmoqda.

«Hurmatli fuqarolar agar Siz ushbu shaxslardan yoki guruh a’zolaridan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz yoki ushbu shaxslarning jinoiy xatti-harakatlari bo‘yicha ma’lumotlarga ega bo‘lsangiz, Toshkent shahar IIBBning 71-206-45-69, 71-206-49-46 yoki 102 raqamlariga yoxud 99-370-73-94 telegram raqamiga murojaat qilishingizni so‘raymiz. Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi», deyiladi IIBB xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring