Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentdagi ayanchli YTHda yosh haydovchi halok bo‘ldi

Toshkentdagi ayanchli YTHda yosh haydovchi halok bo‘ldi

Foto: Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

22-sentyabr kuni Bektemir tumani, X.Boyqaro ko‘chasidagi avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasi qarshisida, haydovchi 1998-yilda tug‘ilgan S.X. «Lacetti» rusumli avtomashinani boshqarib ketayotib, haydovchi 1995-yilda tug‘ilgan S.N. boshqaruvidagi «Cobalt» rusumli avtomashina bilan to‘qnashuv sodir etgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar bermoqda. 

Xodisa sabablari aniqlanmoqda.

YTH natijasida «Cobalt» avtomashinasi haydovchisi olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan, Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring