Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdagi hodisada jarohat olganlarning ahvoli haqida ma’lumot berildi

Toshkentdagi hodisada jarohat olganlarning ahvoli haqida ma’lumot berildi

Foto: «Xabar.uz»

Bugun, 28-avgust kuni soat taxminan 13:00 da poytaxtimizdagi Nurafshon ko‘chasida qurilayotgan «Riviera» savdo majmuasi hududida qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilayotgan vaqtda yuqoridan temir konstruksiya qulagani, oqibatda 6 nafar quruvchi jarohatlanib, ulardan 4 nafari vafot etgani xabar berilgandi.

Jarohatlangan 2 nafari esa Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga yotqizilgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berishicha, jarohatlanganlar zudlik bilan tekshiruvlardan o‘tkazilib, belgilangan tartibda shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Jumladan, 45 yoshli O.Sh. o‘ng tavon suyagining sinishi tashxisi bilan o‘rta og‘ir ahvolda,  Z.R.  esa aralash travma, chap yelka suyagining sinishi tashxisi bilan yotqizilgan.

«Bemorlar malakali shifokorlarning doimiy nazoratida bo‘lib, ularga barcha kerakli tibbiy muolajalar ko‘rsatilmoqda. Vaziyat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar beriladi», deyiladi SSV axborot xizmati xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring