Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazi hududida yong‘in chiqdi — FVV

Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazi hududida yong‘in chiqdi.
Bugun, 19-avgust soat 11:11 da Toshkent shahrining Olmazor tumani, Zarqaynar ko‘chasida joylashgan Islom sivilizatsiyasi markazi hududida qurilish mahsulotlari yonayotganligi to‘g‘risida FVBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, aytilgan manzilda navbatchilikda turgan va boshqa yordamga yetib borgan yong‘in qutqaruv ekipajlari tomonidan yong‘inni o‘chirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Yong‘in natijasida tan jarohati olganlar to‘g‘risida xabar kelib tushmagan.
Qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter