Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdagi maktablarning birida Milliy gvardiya xodimlari uchun pul yig‘ilayotgani aytilmoqda

Toshkentdagi maktablarning birida Milliy gvardiya xodimlari uchun pul yig‘ilayotgani aytilmoqda

«Xabar.uz» o‘quvchilarining biridan kelib tushgan murojaatda aytilishicha, Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 265-maktabda Milliy gvardiya xodimlariga qo‘riqchiligi uchun ota-onalardan pul yig‘ib olinmoqda.

Murojaatchining bildirishicha, ota-onalar guruhida guruh rahbari shu mazmundagi xat bilan post qoldirgan. Unda, jumladan, avgust oyida katta majlis bo‘lib o‘tgani, majlisda o‘quvchilar xavfsizligini ta’minlab turadigan MG xodimlariga maktab ma’muriyati va ota-onalar tomonidan homiylik asosida pul to‘lanishiga bir ovozdan kelishib olingani aytiladi.

Shuningdek, har bir boladan 20-sentyabrga qadar 50 ming so‘mdan yig‘ish zarur ekanligi aytiladi.

Murojaatchining qo‘shimcha qilishicha, bu mablag‘larni yig‘ishga qarshi bo‘lganlarni «maktab ma’muriyati eshitmayapti ham»…

Mazkur holatga mutasaddi tashkilotlar, jumladan, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda vazirlikning quyi tizimlari, shuningdek, Milliy gvardiya rahbariyatining e’tibor qaratishlarini so‘rab qolamiz.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring