Toshkentdagi metroda bir ayol o‘zini poyezd ostiga tashladi
Bugun, 19-mart kuni soat 21:00 atrofida Toshkent shahridagi metropolitenning «Beruniy» bekatida noxush voqea kuzatildi.
«Xabar.uz» manbasining ma’lumotiga ko‘ra, 30-35 yoshlardagi ayol bekatga kirib kelayotgan poyezd ostiga o‘zini tashlagan. Zudlik bilan ko‘rilgan choralar natijasida ayol salomat holatda qutqarib qolingan.
Ayolga voqea joyida birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Shifokor va psixolog yetib kelgach, u ayolning stress holatda ekani aniqlangan.
Hozir surishtiruv ishlari davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter