Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdan Nijniy Novgorodga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Toshkentdan Nijniy Novgorodga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Foto: O‘zA

«Toshkent-Nijniy Novgorod-Toshkent» yo‘nalishi bo‘yicha yangi xalqaro avtobus qatnovi ochildi. Bugun, 14-sentyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 8:00 da Toshkent avtovokzalidan Rossiyaning Nijniy Novgorod shahriga birinchi avtobus yo‘lga otlandi, deb xabar bermoqda O‘zA .

Ushbu yo‘nalishda O‘zbekiston tomondan tashuvchi «UZKAZ AVTO TRANS»” MChJ ga qarashli 2015-yili Belgiyada ishlab chiqarilgan, 65 o‘rindiqqa ega «VANHOLL» rusumli avtobuslar, Rossiya tomonidan esa «Panyushkin S.Yu.» YaTTga qarashli «VANHOLL» rusumli avtobuslar xizmat ko‘rsatadi.

Yo‘nalish masofasi — 3000 kilometr, qatnovga sarflanadigan umumiy vaqt — 61 soat, yo‘lkira haqi Toshkentdan Nijniy Novgorodgacha — 420 ming so‘m, Nijniy Novgoroddan Toshkentgacha — 6 ming rubl.

Yo‘nalish «G‘ishtko‘prik» (O‘zbekiston), «Jibek Joli», «Jaysan» (Qozog‘iston), «Sagarchin» (Rossiya) nazorat o‘tkazish maskanlari orqali amalga oshiriladi. Mazkur yo‘nalish bo‘yicha har ikki kunda bir marta, bir oyda 15 marta avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

«Tashviltransterminal» uyushmasi boshlig‘i Komiljon Isamuhammedovning aytishicha, hozircha faqat Nijniy Novgorod yo‘nalishiga 2 ta avtobus qo‘yilgan, keyingi yilda Rossiyaning 5 ta shahri Moskva, Sankt-Peterburg, Samara, Irkutsk va Tyumen shaharlariga yo‘nalishlar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring