Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentga Xitoydan 233 ta avtobus va elektrobuslar olib kelindi

Toshkentga Xitoydan 233 ta avtobus va elektrobuslar olib kelindi

Kecha, 8 aprel kuni  «Yangi O‘zbekiston» bog‘ida «Toshshahartransxizmat» harakat tarkibini yangilash maqsadida Xitoy Xalq Respublikasida ishlab chiqarilgan avtobus va elektrobuslarning birinchi partiyasini qabul qilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Transport vaziri I.Mahkamov, Toshkent shahar hokimi v.b Sh.Umurzoqov,  davlat va jamoat arboblari va jamoatchilik ishtirok etdi.

Birinchi partiyada Toshkentga 233 ta avtobus va elektrobus olib kelindi. Bulardan 67 donasi tabiiy siqilgan gazda harakatlanuvchi hamda 94 donasi YuTONG rusumli elektrobus va 30 dona 18 metrli katta sig‘imli KingLong  rusumli avtobuslari hisoblanadi.

Ma’lumot o‘rnida, Prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli qaroriga (PQ–59-son, 16.02.2023 y.) muvofiq Toshkent shahri jamoat transporti uchun 200 ta 18 metrli va 500 ta 12 metrli tabiiy gazda ishlaydigan avtobus hamda 300 ta 12 metrli elektrobuslar olib kelinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring