Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkentning ikki tumanida aholi vaqtincha gazsiz qoladi

Toshkentning ikki tumanida aholi vaqtincha gazsiz qoladi

Foto: Xabar.uz

Toshkentning ikki tumanida aholi vaqtincha gaz ta’minotidan uziladi. Bu haqda Hududgazpoytaxt xabar berdi. 

Toshkent shahar Sergeli 8A mavzesidagi yer osti gaz quvurlarini qayta qurish ishlari amalga oshirilishi munosabati bilan Sergeli va Yangihayot tumanlarining quyidagi hududlariga 12 fevral kuni soat 10:00 dan 17:00 ga qadar tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha to‘xtatiladi.

Sergeli tumani

Aholi iste’molchilari:
Sohibkor, Yangi Sergeli, Ezgulik, Madadkor, Ziyrat, Mehrigiyo, O‘zgarish, Habibiy, Saxovat, Qipchoq, Nurhayot, Ittifoq, Nilufar MFYlaridagi 347 ta ko‘p qavatli uylardagi 18 953 ta xonadon;
Daryo bo‘yi, Sofdil, So‘g‘diyona MFYlaridagi 4072 ta yerli xonadon.

Ulgurji iste’molchilar: Ushbu hududlardagi ulgurji iste’molchilar.

Yangihayot tumani

Aholi iste’molchilari:
Yo‘ldosh, Mash’al, Yangi turmush, Olchazor, Xushnud, Navqiron, Yorqin hayot, Choragon, Chorbog‘, Viktor, Al-Farg‘oniy, Do‘stlik, Iqbol, Toshkent, Fayzli MFYlar ko‘p qavatli uylaridagi 12 559 ta xonadon va 3711 yerli xonadon.

Ulgurji iste’molchilar soni – 226 ta


Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz ta’minoti filiali iste’molchilardan uzr so‘ragan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring