Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toyloqlik fermerlar Alibaba orqali mahsulotlarini sota boshladi

Toyloqlik fermerlar Alibaba orqali mahsulotlarini sota boshladi

Toyloqda tumani hokimligining investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limi tomonidan dunyoning yirik onlayn do‘koni – «Alibaba»da yaratilgan «TAYLAK DISTRICT COMPANIES» profili tashkil etildi.

Ushbu manzilda fermer xo‘jaliklarida yetishtirilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va ularning ma’lumotlari joylashtirilib borilishi yo‘lga qo‘yildi.

Shuningdek, tumanda ayrim fermer xo‘jaliklari allaqachon mazkur tizimdan foydalanishga o‘tgan. Jumladan, eksportyor korxona «Muzaffarova Shahnoza Nuriddinovna» fermer xo‘jaligi Alibaba saytida Gold supplier a’zolik profilini ochish orqali Braziliya, Xitoy, Rossiya va boshqa davlatlardan yangi hamkorlar topib, o‘z mahsulotlarini eksport qilmoqda.

Toyloq tumani hokimining investitsiyalar va tashqi savdo masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Dilshod Umirzoqovga ko‘ra, korxonalar onlayn savdo do‘konlariga joylashtirish orqali eksport geografiyasini kengaytirishning quyidagi imkoniyatlariga ega bo‘ladi:

  • katta bino yoki savdo majmuasini qurish, ijaraga olish kerak bo‘lmaydi;
  • yaxshi loyiha va mavjud mahsulot bilan qisqa fursatda qo‘shimcha daromad manbaiga ega bo‘ladi;
  • ayni paytda onlayn savdoda raqobat sust. Yaxshi servis bilan TOP kompaniyaga aylanib olish mumkin;
  • hududiy chegaralar yo‘q;
  • kuniga 24 soat, haftasiga 7 kun ishlay olish;
  • onlayn savdo orqali xaridorlar vaqtining tejalishi va katta assortimentni ko‘ra olish muhim rol o‘ynaydi;
  • internetdagi mahsulotlar soniga hech qanday chegara yo‘q.

Yuqorida sanab o‘tilganlar onlayn savdoning asosiy xislatlari. Shuningdek, agar oflaynda do‘kon bo‘lmasa, uni onlaynda ochish tavakkal qilish darajasini ancha kamaytiradi. Chunki internetda do‘kon ochish va yuritishda kam mablag‘ sarflanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring