Tramp Kim Chen In bilan qachon va qayerda uchrashishini aytdi

AQSh prezidenti Donald Tramp KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashadigan mamlakat nomi va sanasini e’lon qildi. Bu haqda u o‘zining «Twitter»dagi sahifasida yozgan.
«Kim Chen In bilan uzoq kutilgan uchrashuvimiz 12-iyun kuni, Singapurda tashkil etiladi. Biz ikkimiz butun dunyo tinchligi uchun harakat qilamiz!» — deya yozgan Tramp.
Avvalroq, KXDRda tutqin bo‘lgan uch nafar amerikalik mahbus Trampning iltimosiga ko‘ra ozod etilgani xabar qilingandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter