Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp Makronga: «Barcha terrorchilar Parijda»

Tramp Makronga: «Barcha terrorchilar Parijda»

Kanadaning Kvebek provinsiyasida bo‘lib o‘tgan G7 sammiti doirasida AQSh prezidenti Donald Tramp o‘z hamkasblariga nisbatan tanqidlar yog‘dirishda «ochko‘zlik» qilmadi, deya yozmoqda «The Wall Street Journal».

Mavjud muammolarni muhokama qilish chog‘ida Tramp bir nechta tahdidli bayonotlar qilgan.

Nashrning yozishicha, uning immigratsiya va terrorizm borasidagi takliflari juda qattiq bo‘lgan.

«Siz buni bilishingiz kerak, Emmanuyel, barcha terrorchilar Parijda», deya murojaat qilgan u Fransiya prezidenti Emmanuyel Makronga qarata.

Yevropadagi immigratsiya haqida gapiraturib, u Yaponiya bosh vaziri Shinzo Abega murojaat qilgan: «Shinzo, sizda bunday muammo yo‘q, lekin xohlasangiz sizga 25 million meksikalikni jo‘natishim mumkin va siz tezlik bilan lavozimingizni tark etasiz».

Shuningdek, Yevropa komissiyasi prezidenti Jan Klod Yunker ham Oq uy rahbarining tanqidlaridan chetda qolmadi. Tramp uni «dahshatli qotil» deya baholagan.

Kanadaning Kvebek provinsiyasida 8-9-iyun kunlari bo‘lib o‘tgan bu galgi sammit ishtirokchilari orasidagi keskinlik bilan yodda qoladigan bo‘ldi.

AQSh prezidenti Donald Tramp esa sammitning yopilish marosimidan avval Kanadani tark etdi va yakuniy bayonotdan o‘z ismini qaytarib oldi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring