Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tramp Merkelga «G7» sammiti vaqtida konfet uloqtirgan

Tramp Merkelga «G7» sammiti vaqtida konfet uloqtirgan

Foto: «Gazeta.ru»

AQSh prezidenti Donald Tramp Kanadada bo‘lib o‘tgan «G7» sammitida Germaniya kansleri Angela Merkel tomonga bir nechta konfet otdi. Bu haqda «CBS» telekanaliga siyosatchi Ien Bremmer so‘zlab berdi.

Uning aytishicha, bu voqea sammit tugashi arafasida, davlat rahbarlari Trampga umumiy kommyunikega imzo chekishi uchun bosim o‘tkazishni boshlashganda sodir bo‘lgan. Oxir-oqibat Tramp uni imzolashdan bosh tortgan, deb xabar qildi «RIA Novosti».

«Shundan so‘ng Tramp o‘rnidan turdi, cho‘ntagidan ikkita «Starburst» konfetini olib stolga tashladi va Merkelga «Mana, menga hech narsa bermagansan dema» dedi», — deya so‘zlab berdi Bremmer.

Siyosatchi bu hodisaga Merkelning munosabati haqida ma’lumot bermagan. Uning fikricha, rahbarlar o‘rtasida hurmat yo‘qligi va ularning shaxsiy munosabatlari buzilganligi ko‘rinib turgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring