Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tramp Putin bilan uchrashuvi oldidan Zelenskiyga va’da berdi

Tramp Putin bilan uchrashuvi oldidan Zelenskiyga va’da berdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Vladimir Zelenskiy va Yevropa rahbarlari bilan suhbatda, Vladimir Putin bilan Alyaskada bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda Ukraina hududlarini «taqsimlash» masalasini muhokama qilmasligini bildirdi. CNN va NBC News’ning bir nechta manbalariga ko‘ra, Trampning asosiy maqsadi – o‘t ochishni to‘xtatishga erishish.

Yevropa rahbarlari o‘t ochishni to‘xtatish jarayonini tinchlik muzokaralaridan oldin amalga oshirish kerakligini ta’kidladi. Biroq NBC News’ning yozishicha, ba’zi Yevropa yetakchilari Trampning Putin bilan uchrashuvidan katta natija kutmayapti.

6 avgust kuni Putin AQSh prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff bilan Moskvada uchrashib, tinchlik kelishuvi shartlarini bayon etgan edi. Ularga ko‘ra, Kiyev Donbassdan voz kechsa, o‘t ochish to‘xtatilib, front chizig‘i hozirgi holatda qoladi. Putin shuningdek, Xerson va Zaporoje viloyatlarining Rossiya egallab turgan qismlaridan ham voz kechishga tayyor emasligini bildirgan.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning so‘zlariga ko‘ra, Tramp Ukraina hududlariga oid har qanday muhokamani faqat Kiyev ishtirokida olib borishga va’da bergan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring