Tramp Putinga uchrashuv borasida jiddiy shart qo‘ydi

AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiya rahbari Vladimir Putin bilan uchrashuvda shart qo‘ygani aytilmoqda.
Tramp Putin bilan u Zelenskiy bilan ham ko‘rishgan taqdirdagina uchrashadi, deb yozadi New York Post Oq uyning ismi oshkor etilmagan rasmiysiga asoslanib.
“Uchrashuv bo‘lib o‘tishi uchun Putin Zelenskiy bilan uchrashishi kerak. Joy hozircha aniqlanmagan”.
Avvalroq Rossiya yetakchisi Ukraina prezidenti bilan uchrashuvni mumkin deb atagan, biroq “bunday bo‘lishi uchun ma’lum shart-sharoitlar yaratilishi zarurligini” ta’kidlagan edi.
Eslatib o‘tamiz, Tramp va Putin tez orada uchrashishi tobora aniq bo‘lib bormoqda. Buni ikki tomon ham tasdiqladi. Putin BAAni uchrashuv uchun qulay joy deb atadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter