Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Trampga qabriston suratini sovg‘a qilishdi

Trampga qabriston suratini sovg‘a qilishdi

Foto: «twitter.com/MargSchinas/»

Yevropa komissiyasi rahbari Jan-Klod Yunker AQSh prezidenti Donald Trampga harbiy qabristonning suratini sovg‘a qildi, deya xabar beradi «RIA Novosti» axborot agentligi.

Suratda Lyuksemburgdagi generel Jorj Patton dafn etilgan qabriston tasvirlangan. U Ikkinchi jahon urushida Normanddagi Ittifoq kuchlari qo‘mondoni bo‘lgan.

«Hurmatli Donald. Keling, umumiy tariximizni unutmaylik!», – deb yozilgan surat ostida.

Kuni kecha Vashingtonda Yunker va Trampning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Siyosatchilar uchrashuvda savdo bo‘yicha bahslarni hal qilish, tijorat to‘siqlariga barham berish hamda ikki tomonlama soliqlarni olib tashlash bo‘yicha ishchi guruhi tuzishga kelishib olishdi.

AQSh prezidenti muzokaralar Vashington va Lyuksemburg o‘rtasidagi aloqalarni yangi bosqichga ko‘tarishini ta’kidladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring