Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tungi klub oldida janjal sodir bo‘ldi

Tungi klub oldida janjal sodir bo‘ldi

Urgutdagi tungi klub oldida bo‘lgan janjal yuzasidan to‘plangan hujjatlar tergov organlariga topshirildi.

Samarqand viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, 2022-yil 24-sentyabr kuni Urgut tumani Baxrin MFYda joylashgan tungi klub oldida bir guruh shaxslar o‘rtasida kelishmovchilik yuzaga kelib, janjalga aylangan. Holat yuzasidan tuman IIB navbatchilik qismiga kelib tushgan xabarga asosan IIB xodimlari hodisa joyiga yetib borib, janjalning oldi olinib, tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.

Janjal bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, hozirda to‘plangan hujjatlar qaror qabul qilish uchun tergov organlariga topshirilgan.

Shuningdek, tuman hududida tungi vaqtlarda jinoyat va huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan tungi reyd tadbirlari o‘tkazilishi bo‘yicha rejalar ishlab chiqildi, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring