Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiya Ukrainaga suzib yuradigan elektr stansiyalar yetkazib bermoqchi

Turkiya Ukrainaga suzib yuradigan elektr stansiyalar yetkazib bermoqchi

Turkiyaning Karpowership kompaniyasi Ukrainaning milliy kompaniyasi – «Ukraina Energetika kompaniyasi» OAJ bilan 500 megavatt quvvatga ega suzuvchi elektr stansiyalarini Ukrainaga tezkor yetkazib berish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi.

Karpowership bayonotiga ko‘ra, kompaniyaning suzuvchi elektr stansiyalari 1 million xonadonning elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini qondira oladi.

Moldova va Ruminiya portlarida joylashtirish nazarda tutilayotgan suzuvchi elektr stansiyalar Ukraina tarmoqlariga elektr energiyasini yetkazib berishda asosiy yechimlardan biri sifatida ko‘rilmoqda. Karpowership va Ukraina Energetika kompaniyasi Ruminiya va Moldova hukumatlari bilan ushbu yechimni amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar olib boradi.

O‘zaro anglashuv memorandumi doirasida 500 megavatt quvvatga ega suzuvchi quvvatli kemalar tezda elektr energiyasini yetkazib berishni boshlashi ko‘zda tutilgan. Har ikki tomon zarur ruxsatlarni olish va uchinchi shaxslar bilan hamkorlik qilish uchun birgalikda harakat qiladi.

Karpowership savdo guruhi prezidenti Zeynep Xarezi, kompaniya Ukrainadagi elektr inqirozini hal qilish uchun ikkinchi tomon bilan hamkorlik qilishdan mamnunligini bildirib, «suzuvchi elektr stansiyalari elektr taqchilligiga qarshi tez, ishonchli va moslashuvchan yechimlar»ni taklif qilishini ta’kidlagan.

«Ukraina Energetika kompaniyasi» OAJ ijrochi direktori Vitaliy Butenko esa Ukraina energiya tizimi Rossiya tomonidan 12 ta yirik hujumga duch kelganini va buning natijasida elektr ishlab chiqarish va infratuzilmaga jiddiy zarar yetganini qayd etib: «Urush davom etar ekan, bu quvvatni qayta tiklash uchun yangi elektr stansiyalari qurishning iqtisodiy ma’nosi yo‘q. Karpowership texnologiyasi esa yangi energiya ishlab chiqarish quvvatlarini tezda ishga tushirish va Ukraina tarmog‘iga o‘tkazish imkonini beradi», deya o‘z bahosini bergan.

Ma’lumot uchun, Turkiyaning Karpowership 36 ta suzuvchi kemadan iborat 6 gigavatt elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega kompaniya hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring