Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiyada 35 yoshli ayolning o‘limida ikki o‘zbekistonlik gumonlanyapti

Turkiyada 35 yoshli ayolning o‘limida ikki o‘zbekistonlik gumonlanyapti

Joriy yilning 17-avgust kuni Turkiyaning Istanbul shahri Umraniye tumanida Samarqand viloyatidan kelib vaqtinchalik mehnat faoliyati bilan shug‘ullanib kelgan, 35 yoshli O‘zbekiston fuqarosi N.S.ning eri tomonidan o‘ldirib ketilgani haqida xabar qilingan edi.

O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi mazkur voqeaga aniqlik kiritib, jumladan, qotillikda gumonlanayotgan shaxsning O‘zbekiston fuqarosi U.S. ekani va u bu ishga rashk oqibatida qo‘l urganini ma’lum qildi. Shuningdek, jinoyatchini yashirinishda yordamlashganlikda gumon qilinayotgan, asli Jizzax viloyatidan bo‘lgan B.O. ham politsiya tomonidan ushlangan.

Surishtiruv ishlari yakuniga yetgach, 19-avgust kuni gumonlanuvchilarga nisbatan sud tomonidan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanildi. Hozirda hodisa yuzasidan tergov ishlari davom etmoqda.

Bosh konsulxona marhumaning jasadini O‘zbekistonga yuborish bo‘yicha zarur hujjatlar rasmiylashtirilgani hamda O‘zbekiston Hukumati huzuridagi Migratsiya agentligi tomonidan bu borada yordam ko‘rsatilayotganini xabar qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring