Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Turkiyaga borayotgan o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

Turkiyaga borayotgan o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi Turkiyaga sayohatga chiqqan yurtdoshlarimizni ogohlantirdi.

«Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod etmaydi.

Oramizda chet elga vaqtinchalik yashashga yoki sayohat uchun chiqqandan keyin diqqatga sazovor joylarda suratga tushishni istamaydigan odam bo‘lmasa kerak.

Ammo bu bilan cheklanmaydigan qiziquvchan sayyohlarimiz xam uchrab turadi.

Borgan mamlakati muhitining suratlarda yaxshiroq aks etishi uchun ko‘p narsalarni ob’yektiv orqali muhrlashga harakat qilib, ba’zida jarima yoki jazoga tortilishi ham mumkin.

Har bir mamlakatning suratga olish-olmaslik borasida o‘z tartib qoidalari bor.

Masalan, Turkiyada mahalliy aholini so‘ramasdan suratga olish va uni tarqatish qat’iyan man qilinadi.

Ayniqsa, mahalliy ayollarni suratga olish mumkin emas.

Bu shaxsiy hayotga tajovuz deb hisoblanadi.

Ushbu qonunni buzganlik uchun ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

Afsuski, fuqarolarimiz orasida ham mazkur qonunni buzib, Istanbulning Maltepe tumanidagi jazoni ijro etish muassasasida saqlanayotganlar ham yo‘q emas.

Hozirda Bosh konsulxona fuqarolarimizni ozod etib ularni vatanga qaytarish uchun kerakli ishlarni olib bormoqda.

Hurmatli Vatandoshlar, muayyan bir davlatga tashrif buyurishdan avval u yerdagi qonun-qoidalar bilan qiziqish maqsadga muvofiq bo‘lar edi», deyiladi konsulxona xabarida.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring